Filmmaker, professional colorist va Mentorlik dasturi muallifi. Storytelling, syomka va color grading orqali kamerangizni kasbga, kasbingizni brendga aylantirishga yordam beraman.
2,5 oylik offline mentorlik. Kichik guruh, Toshkent. Har hafta jonli razbor va sizning ishingiz ustida shaxsiy ish.

Kadr — bu texnika emas, qaror. Storytelling, kompozitsiya va svet orqali siz nafaqat videoni, atrofdagi hamma narsani boshqacha ko'ra boshlaysiz. Yorug'lik, xarakter, hikoya — bir marta ko'ra boshlasangiz, ortga qaytmaysiz.

Bozor kameraga emas, sizning qiymatingizga to'laydi. Narx belgilash tizimi, xizmatni qadoqlash, muzokara va shartnoma — hammasini amaliy, real klientlar misolida ishlaymiz. Chegirma so'ragan mijozga qanday javob berishni role-play'da mashq qilasiz.

Portfolio — bu arxiv emas, Case Study. Mentorlik davomida siz 3 ta yangi ish yaratasiz va mavjud ishlaringizni qayta qadoqlaysiz. Natijada mijoz videongizni emas, fikrlashingizni ko'radi — narx suhbati shundan keyin boshqacha ketadi.
Sayyodbekning o'z color grading ishlari — original (RAW/LOG) kadr va yakuniy grade. Slayderni suring va farqni ko'ring.
Color grading — 1
Color grading — 2
Color grading — 3
Color grading — 4
Color grading — 5
Mentorlik — 2,5 oylik professional offline dastur: storytelling, kompozitsiya, yorug'lik, DaVinci Resolve color grading, 3 ta short film va sotuv tizimi. Kichik guruh bilan Toshkentda ishlaymiz.
Kursda o'rganiladigan mavzular professional standartda tuzilgan va real ish bozori talablariga mos keladi.
Real o'quvchilar, real ishlar. Video otzivlar va bitiruvchilar natijalari.
Shogirdlikka tushganimdan keyin vaqtimni olayotgan, o'sishga yo'l qo'ymayotgan loyihalarimdan chiqib ketdim. Ustozning maslahatlari bilan sotuvni yaxshiladim — peregovor qismida juda katta support bo'ldi. 50$ dan chekni 150$ ga chiqardim, ya'ni 1 oyda 3x o'sish. Kamroq, lekin sifatliroq ishlayapman. 8 yildan beri niyat qilib kelgan loyihamni boshladim — darslardagi vazifalar va 1:1 uchrashuvlardagi yo'nalishlar yordam beryapti. Endi qo'limda aniq reja bor.
Olgan bilimlarim asosida va ustoz yordami bilan blogim uchun kontent qilishni boshladim — yagona stil, pozitsiya va podacha sekin-sekin shakllanyapti. Auditoriyam tanlagan ranglarimiz, montaj va boshqa detallar menga mos ekani haqida izohlar qoldirishyapti.
Man 1-marta loyiha oldim va meni charchatadigan, vaqtimni hurmat qilmaydigan «donalik» loyihalarimdan voz kechdim, chekimni oshirdim. O'zimga ishonchim oldingidan oshdi — oldin videoyim uchun faqat negativ eshitardim, bu narximga katta ta'sir qilardi. Ish boshlaganimdan buyon birinchi marta loyiha oldim va pulni oldindan ololdim (1-marta 😁). Endi bugungi bilimim bilan dushanba kuni video olaman 🌸
Ariza qoldiring — siz bilan tez orada bog'lanamiz.
🔒 Ma'lumotlaringiz faqat biz bilan aloqa uchun ishlatiladi